Python dasturlash tili kutubxonasi

62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI

62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI
Har bir yangi dasturning kodini
yozish ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu sababli, tayyor qism dasturlardan foydalanish har bir dasturchi
uchun qulaydir. Zamonaviy dasturlash
tillarida bu jarayonni yengillashtirish uchun
tayyor dastur kodlarini saqlovchi kutubxonalar mavjud.
1. Dasturlash tillari yordamida hech qanday dastur kodini yozmasdan ham biror masalani hal etish mumkinmi?
2. Standart kutubxona qanday vazifa bajaradi?
3. Modullar nima?
Boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilining standart kutubxonasi ham ko‘plab tayyor kod fragmentlari (modullar, standart funksiyalar va b.)dan tarkib topgan. Python dasturlash tilini yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchi tomonidan yozilgan modullarni kutubxonaning alohida qismiga yuklash ham mumkin.
Python dasturlash tilida juda ko‘p modul mavjud bo‘lib, ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Eslab qoling!
Python dasturlash tili o‘rnatgichidagi Batteries included (батарейки в комплекте – batareykasi bilan) izohi Python dasturlash tili majmuida ko‘plab tayyor kodlar mavjudligini anglatadi.
100
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
Tayanch tushunchalar
Modullar – alohida faylda yozilgan bo‘lib, turli dasturlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kodlar majmui.
BUNI BILASIZMI?

Modul nomi math
random tkinter
datetime
socket turtle locale
decimal
os
copy sys
Modul tavsifi
Modul murakkab matematik ifodalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi. Modul tasodifiy sonlarni tanlab oladi yoki ro‘yxat
elementlarini tasodifiy tartibda joylashtiradi.
Modul foydalanuvchi va dastur o‘rtasida o‘zaro aloqa
o‘rnatish uchun oyna, tugmacha va boshqa grafik elementlardan foydalanish imkonini beradi.
Modul joriy sana va vaqtni ko‘rsatish hamda sanalarni hisoblash, sanalar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Modul kompyuterlarni internet orqali bir-
biriga ulash uchun qo‘llaniladi.
Modul ekranda chiziq va figuralarni chizish uchun qo‘llaniladi.
Modul sonlarni formatlashda belgilangan tartibni aniqlash muammosini hal qilish uchun qo‘llaniladi. Modul o‘nli kasr sonlari bilan ishlash va
ularni yaxlitlash uchun qo‘llaniladi.
Modul katalog va fayllar bilan ishlash uchun
bir qancha imkoniyatlarni beradi.
Modul nusxalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Python interpretatorida dasturni bajaruvchi muhit hisoblanadi.
Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi. Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi. Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud.
1-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday dasturlarni o‘qish juda oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin.
Eslab qoling!
Pygame – ovoz va maxsus o‘yin grafikasi bilan ishlash imkonini beruvchi, videoo‘yinlar yaratish uchun mo‘ljallangan Python kutubxonasi. Pythonni puxta o‘rganib olsangiz, Pygameda dasturni erkin tuza olasiz.
Sintaksisi:
import modul fayli nomi
import modulni yuklovchi kalit so‘z
>>> import random
>>> random.randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi.
3
2-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish kerak bo‘ladi.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import *
from … import * – modulni yuklovchi kalit so‘z
62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI
101

Читайте также:  Аргумент функции массив php

>>> from random import * >>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
4
3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import funksiya nomi
Mabodo, qaysi modulda qanday funksiyalar mavjud, ular nimaga xizmat qiladi singari savollar tug‘ilsa, Python kutubxonasining ma’lumotnomasini ko‘rib chiqish mumkin. Dastur tuzish jarayonida vaqtni bekorga sarflamaslik uchun, standart kutubxona, modul va funksiyalar haqida batafsil bilish hamda tayyor kodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumotnomani ishga tushirish uchun menyular qatoridan Helpni bosib Python Docs bo‘limi tanlanadi.
random moduli tasodifiy sonlarni generatsiya qilishni boshqaradi. random modulining funksiyalari
?
102
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
1. Dasturlash tili kutubxonasi nima?
2. Modul nima va u nima maqsadda ishlatiladi?
3. Qanday modullarni bilasiz?
4. Matematik hisoblashlarni amalga oshiruvchi modul qanday nomlanadi?
1. 0 va 1 ning oralig‘idan 10 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
2. 0 va 1 ning oralig‘idan 10 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
3. 10 va 10000 ning oralig‘idan 5 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
4. 20 va 50 ning oralig‘idan 2 qadam bilan 7 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
>>> from random import randint >>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli
ekanligi ko‘rsatilmaydi.
3
Funksiyalar
Tavsifi
random(x)
0 dan 1 gacha tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
randint(start, stop)
startdan stopgacha bo‘lgan oraliqdagi tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
randrange(start, stop, step)
qandaydir sonlar to‘plamidan startdan stopgacha bo‘lgan oraliqda step qadami bilan tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
UY VAZIFASI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

64-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
Python kutubxonasining math moduli o‘z ichiga matematik, trigonometrik va logarifmik amallarni bajaruvchi funksiyalarni qamrab olgan.
1. Berilgan burchak yoyining uzunligini hisoblovchi dastur tuzing. Yoyning burchagi (gradusda) hamda radiusi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
2. y = x * cos x funksiyasi qiymatini hisoblovchi dastur tuzing. x foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
3. Kvadrat tenglamaning ildizlarini hisoblash dasturini tuzing. a, b, c foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
4. Berilgan haqiqiy sonning kasr qismini 1 dan 4 gacha bo‘lgan aniqlikda yaxlitlang. Berilgan son: 0.26598
Natija:
1-aniqlikda: 0.3 2-aniqlikda: 0.27
3-aniqlikda: 0.266 4-aniqlikda: 0.2660
5. Doira sektorining yuzasini hisoblash dasturini tuzing. Doiraning radiusi hamda
sektorning burchagi (gradusda) foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.

Читайте также:  Получить значение строки python

Источник

Python dasturlash tili kutubxonasi

“Spot” har hafta IT ga qiziquvchilar va bu sohada ko‘nikmalarga ega bo‘lganlarga foydali bo‘ladigan kitoblarni berib boradi. Ushbu to‘plamni Python dasturlash tilidan boshladik.

IT bo‘yicha 5 ta kitob: Python

Junior darajadagi dasturchilar uchun

“Python’ni o‘rganamiz”, Mark Lutz.

Bu kitobda python’ning xususiyatlari va afzalliklarini qulay tarzda ko‘rsatgan. Uning foydaliligi shundan iboratki muallif kitobda nazariya hamda amaliyotga birdek ahamiyat qaratgan .

Ba’zi fikrlarni eslab qolish unchalik oson emas, shuning uchun Mark har bir bo‘lim oxirida savollar va amaliy mashqlardan iborat o‘ziga xos uy vazifasi beradi.

Muallif kitobda predmetlar, funksiyalar, modullarning qanday turlari borligini qisqa va juda aniq tushuntirgan, til vositalari to‘g‘risida batafsil ko‘rsatgan.

“Python’ni o‘rganamiz. O‘yinlarni dasturlash, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, veb-ilovalar”, Erik Metys.

Bu dasturlash tilini endi o‘ rganayotganlar uchun yana bir ajoyib kitob. Rus va inglizcha versiyalari mavjud.

Biz yuqorida aytib o‘tgan kitobda bo‘lgani kabi, bu yerda ham nazariya, ham amaliyot taqdim etiladi.

Bundan tashqari, birinchi navbatda mantiqiy tushuntirish bor, shundan so‘ng o‘quvchi amalda hamma narsani tekshirishi mumkin.

Muallif kitobxonga oson b o‘lishi uchun texnik atamalarni oddiydan murakkabgacha sodda tarzda tasvirlagan.

Bu kitobda ham har bo‘limda misollar va qiziqarli uy vazifasi berib borilgan.

Middle darajadagi mutaxassislar uchun

“Sof python. Professionallar uchun dasturlashning nozik jihatlari”, Dan Bader.

Kitobni asl nusxasini o‘qishni tavsiya qilamiz, chunki noaniqliklar uning tarjimasidanoq boshlanadi.

Asl nomi “Python tricks” (Python fokuslari) b o‘lgan kitob da p rofessionallar uchun hech narsa yo‘q, aslida o‘rta darajadagi dasturchilar uchun mo‘ljallangan.

Ammo mutaxassislar ham o‘zlari uchun foydali narsalarni topishlari mumkin. Unda muallif o‘ z amaliyotidan misollar keltirgan va ular haqiqatdan ham kerak.

Nima yozilganligini tushunish uchun python tilining asoslarini tushuna olish kifoya.

“Python. Sinovga asoslangan dasturlash”, Garri Persival.

K o‘ pgina dasturchilar kutubxonasida mavjud b o‘ lgan eng yaxshi kitoblardan biri. Bu test asosida ishlab chiqish (TDD) metodologiyasining nuanslarini ochib beradi.

O ‘ quvchiga dasturning deyarli har qanday qismini yaratish uchun testlarni yozish va ishga tushirish o‘ rgatiladi.

Shuningdek, testlardan o‘ tish uchun zarur b o‘ lgan minimal kod miqdorini qanday ishlab chiqish k o‘ rsatiladi.

Muallif Django, Selenium, Git, jQuery va Mock kabi turli xil vositalar va “framework»lar bilan ishlashni o‘ rgatadi.

Senior darajadagilar uchun

Читайте также:  Перевод картинок в html

“Murakkab vazifalar uchun Python. Ma’lumotlar fanlari va „machine learning“”, J.Vander Plas.

Ushbu kitobda professionallar ish jarayonida tez-tez duch keladigan murakkab va hajmli vazifalar haqida s o‘ z boradi.

Bu “data science” uchun hisoblash va statistik usullar b o‘ yicha q o‘ llanmadir. Kitob yaxshi tajribaga ega b o‘ lgan, shuningdek, “data science” b o‘ yicha o‘ z tajribasi va bilimlarini oshirmoqchi b o‘ lganlar uchun.

Muallif har xil turdagi ma’lumotlar bilan ishlashga, jumladan, vaziyatni tahlil qilishga, javoblar olishga, statistik modellarni yaratishga va “machine learning»ga alohida e’tibor qaratgan.

Kitobda turli formatlarni skriptda o‘ qish, ma’lumotlarni o‘ zgartirish, tozalash, ma’lum turdagi ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi k o‘ plab amaliy misollar mavjud.

Источник

Tkinter kutubxonasi — Python dasturlash tili

Tkinter kutubxonasi - Python dasturlash tili

Pythonning Tkinter kutubxonasi yordamida biz Pythonda yozilgan dasturlarni interfeys bilan ta’minlaymiz.Tkinter nafaqat interfeys bIlan balki vidjetlar bilan ta’minlovchi kutubxonadir. Vidjetlarga tugmalar (button), Nishonlar (Label) va boshqalar kiradi.Demak Tkinter birinchi dasturni tuzishni boshlaymiz.

from Tkinter import Label , mainloop Label (text=" has to be the\nsimplest bit of code").pack () mainloop ()


Endi kodni tushuntirishni boshlayman.

1. from Tkinter import Label, mainloop

Ushbu qatorda Tkinter kutubxonasidan Label va mainloop vidjetlarni ishlatish uchun ruxsat so’ramoqdamiz. Agar so’zma so’z tarjima qilinsa ham shunday bo’ladi, ya’ni, Tkinterdan Label va mainloopni olib kel. Bu yerda mainloop asosiy oyna (oddiy tilda aytganda kompyuterdan bizga ko’rinib turgan oyna, yuqorisida nomi va — □ × bo’lgan oyna. Label esa rasmdagi so’zlar )

2. Label(text=’This has to be the\nsimplest bit of code’).pack()

Bu qatorda Labelni Text funksiyasi orqali «This has to be the\nsimplest bit of code» gapini mainloop ga (ekranga ) chiqarmoqdamiz. Gap o’rtasida turgan \n belgisi so’z bir qatorga sig’magani uchun keyingi qatorga o’tishini ta’minlaydi.pack () orqali Labelni joylashtirmoqdamiz.

Hammasi tayyor bo’lgandan so’ng asosiy oynani tugaganini bildirmoqda miz.Bo’ldi hamma ishni qilib bo’ldim oynani endi ko’rsat demoqdamiz. Kompyuter kodingizni ko’rib chiqayotgan vaqtda mainloop () ga to’g’ri kelsa tekshirishni tugatib kodda nima yozilgan bo’lsa shularni ekranga chiqaradi.

Maqolani tushunish darajasi : 80%

Maqolani qiyinlik darajasi : 20%

Источник

Python dasturlash tili

Python dasturlash tili. O’quv qo’llanma.  python-dasturlash-tili-qollanma.docx [896,95 Kb] (cкачиваний: 1130)
Посмотреть онлайн файл: python-dasturlash-tili-qollanma.docx
20 Python Libraries You Aren’t Using (But Should)  20-python-libraries-you-arent-using-but-should-en.pdf [4,13 Mb] (cкачиваний: 326)
Посмотреть онлайн файл: 20-python-libraries-you-arent-using-but-should-en.pdf
Учимся программировать вместе с Питоном (Start with Python) (Чаплыгин А. Н.)  start-with-python-ru.pdf [816,02 Kb] (cкачиваний: 291)
Посмотреть онлайн файл: start-with-python-ru.pdf

Скачать: python-dasturlash-tili-qollanma.docx
Размер: 896,95 Kb
Скачали: 1130
Дата: 31-03-2019, 18:34
MD5: 39963ee3b5c08d71e4f8269fa09cc39a Скачать: 20-python-libraries-you-arent-using-but-should-en.pdf
Размер: 4,13 Mb
Скачали: 326
Дата: 31-03-2019, 18:42
MD5: d7573de8319d8af446770f3234cb48b9 Скачать: start-with-python-ru.pdf
Размер: 816,02 Kb
Скачали: 291
Дата: 31-03-2019, 18:44
MD5: 3b0252cd244cc53039c8232986b6dc9b

Источник

Оцените статью